CFMOTO
Barcha yangiliklar

Test-drayvCL

450CL-C AMT — CFMOTOning birinchi avtomat mototsikli

Avtomatlashtirilgan uzatmalar qutisi bilan kruizer: 200 km test-drayv.

Muallif: Hidoyatov Hayot

Foto va test-drayv: Bikeland Uzbekistan

CFMOTO 450CLC AMT — dinamika test-drayvi: haqiqatan ham xaridga arzigulik avtomat kruizyor!

Ekran qarshisida oʻtirgan balki siz ham motosikl haydarsiz — lekin ishoning, bu mototsiklning avtomatik uzatmasi sendan ham tez ishlaydi!

CFMOTO brendining birinchi avtomatik AMT transmissiyali modeli — CFMOTO 450CLC AMT bilan tanishing!

200 kilometr test-drayvdan soʻng ishonch bilan ayta olaman deydi test-drayv oʻtkazgan jurnalist:

👉Agar hali ikkilanayotgan boʻlsang, mana u — xarid qilishga arzigulik haqiqiy avtomatik kruiz motosikli!

✅ Mexanika va dvigatel

450CLC modeli allaqachon oʻz sinfidagi eng sifatli kruizerlardan biri sifatida tanilgan.

U 450 sm³ hajmli, suv bilan sovutiladigan ikki silindrli dvigatel bilan jihozlangan.

Quvvati — 30 kVt, aylanish momenti esa 42 N·m.

Bu motor butun dunyoda 400 000 dan ortiq foydalanuvchi tomonidan sinovdan oʻtgan, shuning uchun quvvat va tebranish darajasi mukammal muvozanatga ega.

⚙️ Nega 450CLC AMT kechikkan boʻlsa ham, bu foydasiz emas?

Bozorda avtomatik transmissiyali boshqa kruizerlar mavjud,

lekin CFMOTO oʻz variantini kechroq chiqardi — ammo bu “kech boʻlsa ham, yaxshi boʻldi” holati.

Model mukammal sozlangan va hozirda bu ishonchli, yetuk avtomatik tizim hisoblanadi.

⚡ Tezlik almashtirish lahzasi

Uzatmalar atigi 120 millisekundda almashadi — bu koʻpchilik mexanik haydovchilardan tezroq!

3-dan 6-gacha boʻlgan uzatmalar juda silliq oʻtadi,

1–2 va 2–3 oraligʻida biroz tebranish seziladi, ammo bu raqobatchilardan ancha yumshoq.

Uchta ish rejimi

Mototsikl quyidagi 3 rejimga ega:

  • M — qoʻlda: uzatmalarni rul orqasidagi tugmalar bilan almashtirasiz
  • D — avtomatik: faqat gaz va tormoz
  • S — sport: faol haydash yoki togʻ yoʻllarida

Toʻxtaganda motor oʻchmaydi, istalgan payt qoʻlda rejimga oʻtish mumkin.

Tormoz va toʻxtashdagi ishlash

Tezlik kamayganda, tizim avtomatik tarzda uzatmalarni pasaytiradi va dvigatel tormozini yaratadi.

Yechim oddiy — tormozni biroz bosish kifoya, hammasi silliq boʻladi.

Agar burilishda 1–2 uzatma orasida oʻtish yuz bersa, bu xavfsiz va boshqaruvga xalaqit bermaydi.

Yangi haydovchi bir zumda moslashadi,

tajribali haydovchi esa atigi 100 km ichida AMTʼning ishlash mantiqini toʻliq his qiladi.

Komplektatsiya

  • Ikki konturli ABS
  • TCS — barqarorlik tizimi
  • TFT displey (navigatsiya bilan integratsiya)
  • Toʻliq LED yoritish tizimi

Xulosa

AMT versiyasining chiqishi 450CLC liniyasiga ajoyib qoʻshimcha boʻldi.

Yangi boshlovchilar uchun — bu uzatma tashvishidan xalos boʻlish.

Tajribali haydovchilar uchun esa — yangi darajadagi qulaylik va aqlli elektronika.

CFMOTO 450CLC AMT — bu kuch, texnologiya va boshqaruv qulayligining mukammal uygʻunligi.

Motosikl endigina Xitoy ichki bozorida sotilishi boshlandi, umid qilamizki Tez kunlarda BIKELAND.UZ ham keyigi bahor mavsumigacha Oʻzbekistonda Rasman sotishni boshlaydi.

#CFMOTO #Bikeland #450CLC #AMT #Uzbekistan #TestDrive #Obzor #CFMOTOUzbekistan