149 sm³

10.5 kVt

14.2 N·m

8.5 L

CVT

Dvigatel

Quvvati

Aylanish momenti

Yoqilg‘i baki

Avtomatik variator

150
Bu dinamik, zamonaviy va ixcham skuterdir. U a’lo darajadagi yoqilg‘i tejamkorligi, ilg‘or funksiyalari va qulay yurish imkonini taqdim etadi. Shaharda har kuni qatnash yoki dam olish kunlari sayr qilish uchun ideal tanlov!

CFMOTO MOTOSIKLLARI
150SC
*CFMOTO modellari mahalliy qonunchilikka mos kelishi uchun turli texnik
xususiyatlarga ega bo‘lishi mumkin va ayrim hududlardagi maxsus talablarni
qondirish uchun o‘zgartirilgan bo‘lishi mumkin.

ISHONCHLI DVIGATEL


Suyuqlik bilan sovutiladigan, 4 taktli, SOHC tizimiga ega, 149 sm³ hajmdagi, bitta silindrli, 2 klapanli va injektorli dvigatel (CVT avtomatik uzatma bilan). Yoqilg‘i purkash tizimi BOSCH kompaniyasidan bo‘lib, yonish samaradorligini oshirish uchun optimallashtirilgan. Yoqilg‘i sarfi atigi 2.5–2.7 litr / 100 km.

LED OLD VA ORQA CHIROQLAR


O‘tkir shakldagi old qismi chap va o‘ng tomonga ajratilgan LED faralar bilan uyg‘unlashib, sportga xos agressiv uslubni yaratadi. Yaltiroq LED “qosh” chiroqlari esa sport ruhini yanada kuchaytiradi. Orqa qismining ixcham davlat raqami ramkasi oqimli burilish chiroqlari bilan bog‘langan, ajratilgan LED orqa chiroqlari esa skuterlar orasida oson ajralib turadi.

KO‘P FUNKSIYALI KATTA BAGAJ

O‘rindiq ostidagi bagaj bo‘limi 30 litr hajmga ega bo‘lib, 3/4 o‘lchamdagi shlemni bemalol sig‘dira oladi. Skuterning old chap tomonida esa 2.5 litrli yopiq, magnitli saqlash qutisi joylashgan bo‘lib, uning ichida Type-A va Type-C portlari mavjud.

KALITSIZ ISHGA TUSHIRISH


Ushbu tizim aqlli kalit yoningizda bo‘lsa, skuterga yaqinlashganingizda hech qanday kalitni ishlatmasdan dvigatelni ishga tushirish imkonini beradi. Shuningdek, asosiy tugma (main switch knob) orqali o‘rindiq va yoqilg‘i qopqog‘ini ochish va yopish ham mumkin.


STOP & START TIZIMI


Ushbu tizim svetoforda yoki harakat to‘xtagan paytda dvigatelni avtomatik ravishda o‘chiradi. Bu esa yoqilg‘ining bekor sarflanishining oldini olib, tejamkorlikni oshiradi.



IKKI KANALLI ABS


Samarali to‘xtash uchun 150SC old va orqa tomonda 230 mm diskli tormozlar bilan jihozlangan bo‘lib, har ikkisi ham standartsifatida ABS tizimiga ega. Bu tizim og‘ir yo‘l sharoitlarida ham silliq va xavfsiz tormozlanishni ta’minlaydi.




TORTISHISH NAZORATI TIZIMI (TCS)

Ushbu elektron tizim sensorlar sirpanishni aniqlagan zahoti orqa g‘ildirakning tortish kuchini yo‘qotishining oldini oladi. Bu esa notekis yoki sirg‘anchiq yo‘llarda xavfsizlik va ishonchli boshqaruvni ta’minlaydi.



KO‘P FUNKSIYALI TFT DISPLEY


5 dyuymli TFT displey va ixtiyoriy T-BOX orqali 150SC mototsikli telefon bilan bog‘lanish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bu esa quyidagi funksiyalarni ta’minlaydi: OTA yangilanishi, MotoPlay, xavfsizlik va o‘g‘irlikdan himoya, yurish marshruti tarixi, transport vositasi haqidagi ma’lumotlarni real vaqtda ko‘rish (CFMOTO RIDE ilovasi orqali) va boshqalar. Bu esa foydalanuvchiga yanada qulay va zamonaviy tajribani taqdim etadi.



GALEREYA